O‘zbekistonda savdo kompaniyalari soni 76 foizga oshdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
To‘rt yil ichida
2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda savdo sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar soni 2020-yildan buyon 76 foizga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
2020-yilda respublikada 132 mingta savdo kompaniyasi faoliyat yuritgan. 2021-yilda ularning soni 165 mingtaga, 2022-yilda 189 mingtaga, 2023-yilda esa 217 mingtaga yetdi. 2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, ularning soni 233,3 mingga yetgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 7,7 foizga oshgani haqida yozgan edi.