O‘zbekistonlik para shaxmatchilar 10 – 18-noyabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘l oldi. Bu haqda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy telegram kanali xabar berdi.
Chempionatda turli toifadagi sportchilar ishtirok etadi, ya’ni ko‘rish qobiliyati pasaygan, jismoniy nuqsonlari bo‘lgan va eshitish qobiliyati zaiflashgan shaxmatchilar.
Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Braziliyadagi jahon chempionatida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.