Bitkoin yana bir rekordni yangiladi: uning narxi $81 mingdan oshdi
eʼlon qilindi
U $81 mingdan qimmatroq turadi

Bitkoin kursi $81 mingdan oshdi. So‘nggi 24 soat ichida kriptovalyuta deyarli 6 foizga o‘sdi. Bu haqda CoinDesk xabar berdi.
Toshkent vaqti bilan soat 7:17 holatiga ko‘ra, bitkoin $81,3 mingga baholanib, eng yuqori nuqtada $81,5 mingni ko‘rsatdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning saylovdagi g‘alabasi fonida bitkoin o‘sib bormoqda, u kriptovalyutalarni qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan so‘nggi haftada bitkoin kursi deyarli 15 foizga oshganini yozgan edi.