10-noyabr kuni Toshkent – Jidda yoʻnalishi boʻyicha joʻnab ketgan samolyot aeroportga qaytishga majbur boʻldi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur samolyotning ortga qaytishiga yoʻlovchilardan birining sogʻligi yomonlashgani sabab boʻlgan.
«Tez orada samolyot oʻz manziliga parvozni davom ettiradi. Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va tushunishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz», – deyiladi xabarda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nyu-Yorkka uchgan samolyot Toshkentga qaytishga majbur boʻlgani haqida xabar bergan edi.