UzAuto Motors yetakchilik qildi, «Aloqabank» esa pasaydi: fond bozoridagi o‘zgarishlar qanday bo‘ldi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
UCI indeksi 627,45 dan 629,67 ga ko‘tarildi
Foto: UzAuto Motors

2024-yilning 1-noyabrdan 8-noyabrigacha bo‘lgan davrda «Toshkent» Respublika fond birjasida ayrim aksiyalar sezilarli o‘zgarishlarga duch keldi. Ushbu davrda UCI indeksi 627,45 dan 629,67 ga ko‘tarildi, birjada amalga oshirilgan bitimlarning umumiy hajmi esa 8 milliard so‘mdan oshib, soni qariyb 5 mingta bitimni tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish ko‘rsatgan aksiyalar

Mazkur davrda eng katta o‘sish UzAuto Motors aksiyalarida qayd etildi. Ular 63 000 so‘mdan 69 000 so‘mgacha ko‘tarilib, 9,52% o‘sishni tashkil etdi. Shuningdek, «Ipak Yo‘li» aksiyalari ham ijobiy natijalarni ko‘rsatdi: ular 140 so‘mdan 147 so‘mgacha o‘sib, 5% ga oshdi.

Eng katta pasayish

Aksiyalarning pasayishi bo‘yicha esa «Aloqabank» birinchi o‘rinda. Bankning oddiy aksiyalari 0,66 so‘mdan 0,47 so‘mgacha tushib, 28,79% ga pasaydi. Shuningdek, «Aloqabank»ning imtiyozli aksiyalari ham katta yo‘qotishlarni qayd etdi va 5,14 so‘mdan 3,67 so‘mgacha tushdi, (-28,60% ga). «Turonbank» aksiyalari ham sezilarli pasayish ko‘rsatdi, 1195,00 so‘mdan 1005,01 so‘mgacha tushdi (-15,90%).

Barqaror aksiyalar

Ba’zi aksiyalar qiymatida katta o‘zgarishlar kuzatilmadi. Masalan, «Qizilqumsement» aksiyalari faqat 0,06% ga pasayib, 1600 so‘mdan 1599 so‘mgacha tushdi. «O‘zmetkombinat» aksiyalari esa biroz o‘sib, 3480 so‘mdan 3499 so‘mgacha ko‘tarildi (0,55% o‘sish).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan noyabr oyi boshida fond bozori qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek