O‘zbekistonning eng yirik telekommunikatsiya operatori UzTelecom Xitoy kompaniyasi Huawei bilan zamonaviy texnologiyalar asosida loyihalar boshlash maqsadida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishdi, deb xabar berdi Kursiv Uzbekistan’ga Huawei’ning matbuot xizmati.
Avvalroq UzTelecom rahbariyati Huawei bosh qarorgohida bo‘lib, Xitoy kompaniyasining qo‘llayotgan texnologiyalari bilan tanishdi. Xususan, 5G va 5.5G tarmoqlarini yaratish usullari, shuningdek, sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan foydalanish va Big Data bilan ishlash usullari o‘rganildi. «Aqlli shaharlar» qurish uchun mo‘ljallangan vositalar O‘zbekiston tashkilotida qiziqish uyg‘otdi.
Memorandum sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.
Ma’lumot uchun, UzTelecom va Huawei 35 yil davomida davlat ahamiyatiga ega aloqa loyihalari doirasida hamkorlik qilib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan UzTelecom 2024-yilning birinchi choragida 104 milliard so‘m daromad qilgani haqida xabar bergan edi.