IT Park chet tillarini biladigan hamyurtlarimizni yuqori maoshli ishga taklif qiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, nomzodlar nemis tili (800+ bo‘sh ish o‘rni), koreys tili (300+ bo‘sh ish o‘rni), yapon tili (300+ bo‘sh ish o‘rni), turk tili (200+ bo‘sh ish o‘rni) va arab tilini (200+ bo‘sh ish o‘rni), shu bilan birga ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
Kompaniya moslashuvchan ish jadvali, martaba o‘sishi va muvaffaqiyatga yetaklovchi lavozim bilan ta’minlaydi.
Arizani ushbu havola orqali topshirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda pensiya va ish haqi qanchaga ko‘tarilishi haqida yozgan edik.