Yangiliklar

Yangi Jetour Traveller 2025 taqdim etildi

Jetour Traveller sotuvlari sentabr oyida 15,5 ming donani tashkil etgan
Foto: carnewschina nashri

Butunlay yangi dizayn va 2,0 l dvigatelga ega bo‘lgan yangi Jetour Traveller 2025 ning tez orada chiqarilishi haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, biroz avval chiqarilgan Jetour Traveller narxi $19,1 mingdan boshlanib $25,2 minggacha sotilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jetour Traveller sotuvlari sentabr oyida 15,5 ming donani tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yiliga 189,4 foizga ortgan, oyiga esa 6,2 foizga kamaygan. Joriy yil boshidan hozirgi vaqtga qadar umumiy sotuv hajmi 121,3 ming donani tashkil qildi.

Tashqi ko‘rinishi va imkoniyatlari

Bumper va markaziy panjara qayta ishlangan. Brendning harflari panjaradan kapotga ko‘chirilgan va qora rangga bo‘yalgan. Orqa qismda tashqi kvadrat shaklidagi korpus, yon tomondan ochiladigan yukxona eshigi, vertikal orqa chiroqlar va yuqoriga joylashtirilgan to‘xtash signali saqlanib qolgan. Shuningdek, tomda yuk tashish imkoniyati ham mavjud.

Avtomobilning uzunligi, eni va balandligi 4785 x 2022 x 1910 mm.ni tashkil etadi, g‘ildiraklar bazasi esa 2800 mm. To‘liq og‘irligi — 1898 (1924) kg.

Foto: carnewschina nashri

Jetour 251 ot kuchiga ega, shuningdek, SQRF4J20 dvigateli maksimal 390 Nm moment bilan ajralib turadi va 7 tezlikli DCT transmissiyasi bilan birga ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi dizaynga ega Kia Sportage 2026 taqdim etilgani hamda uning narxlari haqida ma’lumot bergan edi.