Yangiliklar

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Yangi Bosh vazir saylanishidan oldin
Foto: Unsplash

Dushanba kuni Yaponiya Bosh vaziri Shigeru Ishibaning kabineti a’zolari iste’foga chiqdi. Bu haqda mahalliy Kyodo News agentligi xabar berdi.

Hukumatning iste’foga chiqishi navbatdagi parlament saylovlaridan soʻng yangi bosh vazir nomzodini ma’qullash oldidan yuz berdi. Saylov natijalariga koʻra, Ishiba boshchiligidagi Liberal-demokratik partiya va «Komeyto» partiyasidan iborat hokimiyatdagi koalitsiya quyi palatadagi oʻz oʻrinlarining aksariyat qismini yoʻqotdi.

Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, Ishiba baribir bosh vazir lavozimini saqlab qolishi mumkin. Shu bilan birga, ovoz berish ikki bosqichda oʻtkazilishi kutilmoqda. Bu holat oxirgi o‘ttiz yil ichida birinchi marta yuz bermoqda. Ishibaning asosiy raqibi esa Yaponiya Konstitutsiyaviy-demokratik partiyasi lideri Yosixiko Noda bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yaponiyadagi saylov natijalari haqida yozgan edi.