Yangiliklar

Yosh sportchilarimiz MMA bo‘yicha jahon chempionatida 1-o‘rinni egalladi

Jami hisobda 18 ta medal bilan
Foto: Olympic.uz

Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilgan MMA bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yosh jangchilarimiz qizg‘in kurashlarda 4 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Oltin medallar – Zafarjon Asatov (65.8 kg), Mirjalol Uralov (97 kg), Muzayana Sadriddinova (65.8 kg), Xurshida Roziqova (79.4 kg).

Kumush medallar – Firdavs Atamuradov (52.2 kg), Sarvarbek Hasanov (83.9 kg), Ra’no Nasriddinova (70.3 kg), Mahliyo Abdumannopova (74.8 kg).

Bronza medallar – Shohjahon Temirov (56.7 kg), Ilhomjon Borisov (61.2 kg), Suhrob Boymatov (65.8 kg) va boshqalar.

Eslatib o‘tamiz, MMA bo‘yicha jahon chempionatida 12 nafar o‘zbekistonlik g‘oliblik uchun jang qilishi haqida yozgan edik.