12-noyabr kuni bitkoin narxi $89 mingdan oshdi. 24 soat ichida kriptovalyuta deyarli 10 foizga qimmatlashdi. Bu haqda CoinDesk xabar berdi.
Bitkoynning eng yuqori qiymati $89 060 mingni tashkil etdi. Keyinchalik uning narxi barqarorlashdi. Toshkent vaqti bilan soat 06:49 da kriptovalyutaning qiymati $88 800 mingga teng boʻldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bitkoinning o‘sishini Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi prezidentlik saylovlari oqibatlari bilan bog‘liq deb yozgan edi.