Ekstremal ob-havo sharoitidan ko‘rilgan zarar $2 trillionga yetdi – The Guardian

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hisobotda eng katta iqtisodiy zararni AQSH ko‘rgani ta’kidlangan
Foto: VadimVasenin / www.depositphotos.com

Soʻnggi 10 yil ichida ekstremal ob-havo sharoiti tufayli jahon iqtisodiyoti $2 trln zarar koʻrdi. Bu haqda The Guardian nashri Xalqaro savdo palatasi hisobotiga tayanib xabar berdi.

Hisobot mualliflari kuchli yomg‘irli sel hodisalaridan tortib, uzoq davom etadigan qurg‘oqchilikkacha bo‘lgan taxminan to‘rt mingta iqlim falokatining oqibatlarini tahlil qildilar. Faqatgina so‘nggi ikki yilda bunday hodisalar $451 milliard miqdorida yo‘qotishlarga olib kelgan. O‘n yil ichida bu miqdor to‘rt barobardan ziyod oshgan.

Hisobotda eng katta iqtisodiy zararni AQSH koʻrgani ta’kidlangan. Keyingi oʻrinlarda Xitoy va Hindiston turadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2070-yilga borib Markaziy Osiyo yalpi ichki mahsulotining 3,8 foizini iqlim o‘zgarishi sababli yo‘qotishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek