Endi sug‘urta polislarining haqiqiyligini QR-kod orqali tekshirish mumkin
Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish tartibini belgilovchi yangi nizom tasdiqlandi. Bu haqda ILMA ma’lum qildi.
Nizomga ko‘ra, sug‘urta shartnomalari Yagona tizim yoki davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda tuziladi va ro‘yxatga olinadi.
Shuningdek, sug‘urtalovchilar uchun elektron dasturlar orqali mijozlarga sug‘urta kompaniyasini erkin tanlash imkoniyati yaratiladi. Sug‘urta polislarining haqiqiyligini QR-kod orqali tekshirish mumkin bo‘ladi. Yagona tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha sug‘urta da’volari nazorat qilinadi va muayyan shartlar buzilganda tizimdan foydalanish cheklanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, yangi tartib uch oydan keyin kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Mening Biznesim» moduli yaratilgan edi.