Yangiliklar

Fargʻonada aqlli va xavfsiz shahar uchun ilovalar ishlab chiqish boʻyicha xakaton boʻlib oʻtdi

Musobaqada 18 ta jamoa ishtirok etdi
Foto: yeiferr / Рixabay

9-noyabr kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yoshlar xakatoni ishtirokchilari aqlli va xavfsiz shaharni yaratish uchun sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan qanday foydalanish mumkinligini taklif qildi. Bu haqda tanlov tashkilotchilari Kursiv Uzbekistanʼga ma’lum qildi.

Xakatonda Fargʻona viloyati va Oʻzbekistonning boshqa viloyatlaridan 18 ta jamoa Technovation Girls va Yandex Uzbekistan dasturi boʻyicha ishtirok etdi. Ular shahar muhitining qulayligi va xavfsizligini yaxshilash uchun sun’iy intellekt ilovalari prototiplarini ishlab chiqdi.

Gʻoliblar orasidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun loyihalar, aqlli avtoturargoh va chiqindi qutilari uchun ilovalar, haydovchilar uchun ijtimoiy xizmatlar agregatori, shuningdek, harakatni optimallashtirish uchun sun’iy intellekt algoritmi va haydovchini yoʻldagi xavf-xatarlardan ogohlantiruvchi ilovalar joy oldi.

Har bir jamoa 14-yoshdan 25-yoshgacha boʻlgan yigit va qizlardan tashkil topdi. Xakaton ishtirokchilari uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda startaplar yaratish va ilovalarni ishlab chiqishni jadallashtirish boʻyicha ma’ruzalar va seminarlar tashkil etildi. Tadbirda Yandeks Uzbekistan xodimlari oʻqituvchi va murabbiy sifatida ishtirok etishdi.

Xakaton yakunida gʻolib boʻlgan oltita jamoa tashkilotchilar tomonidan sovgʻalar bilan taqdirlandi.

2025-yilda hakaton ishtirokchilari Technovation Girls Uzbekistan IT tanlovida oʻzlarini sinab koʻrishlari mumkin boʻladi. Roʻyxatga olish yanvar oyida ochiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan IT Park chet tillarini biladigan 1,8 ming nafar xodim qidirayotgani haqida yozgan edi.