Fargʻonada Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i $1 ming olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, tumanlardagi elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisini ishdan boʻshatmaslik evaziga undan $1 ming olayotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv natijasida ushbu noqonuniy harakatga jamiyatning xodimlar boʻlimi boshligʻi ham aloqador ekani aniqlandi.
Ikkala shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga qamoqqa olish chorasi qo‘llanildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijonda yerni rasmiylashtirib berish evaziga $230 ming talab qilgan shaxs hibsga olingani haqida yozgan edi.