Nissan aksiyalari so‘nggi 15 yildagi eng katta o‘sishni qayd etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Faol investor bunga yardam berdi
Foto: alexeynovikov / depositphotos

Nissan aksiyalari faol investor tomonidan 2,5 foiz ulush sotib olingani haqidagi xabarlar fonida 20 foizdan ko‘proqqa ko‘tarildi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, Yaponiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchisi og‘ir davrlarni boshdan kechirmoqda, sotuvlar pasaygani sababli to‘qqiz ming ish o‘rnini qisqartirishni va ishlab chiqarish quvvatini 20 foizga kamaytirishni rejalashtirayotgan edi.

Joriy yilning 12-noyabr kuni Nissan aksiyalari Tokio savdo kunining oxiriga kelib, o‘sish 12,8 foizga sekinlashdi va aksiyalar narxi 415,8 iyenni ($2,7) tashkil qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nissan aksiyalarining 2,5 foiz ulushini Suntera (Cayman) Ltd. kompaniyasi sotib olgan. Hozirgi narxning o‘sishi Nissan aksiyalari uchun sezilarli burilish bo‘ldi, o‘tgan haftada kompaniya 9 ming kishini ishdan bo‘shatish va ishlab chiqarish quvvatini 20 foizga qisqartirish niyatini e’lon qilganidan so‘ng aksiyalar narxi 6 foizga tushib ketgan edi.

Ma’lum qilinishicha, Nissanning sof foydasi yilning birinchi yarmida 94 foizga pasaydi, kompaniya joriy moliyaviy yil oxiriga (2025-yil mart oyiga) kelib operatsion foyda 150 milliard iyen ($976 mln) ga tushishini kutmoqda, bu esa avvalgi prognozga nisbatan 70 foizga pastroq.

Agar faol investorning qiziqishi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, aksiyalar ehtimoliy strukturaviy islohotlar kutilayotgani sababli o‘sishda davom etadi va bu kompaniya biznesining sog‘lomlashtirilishiga qaratilgan bo‘ladi, deb hisoblaydi Aizawa Securities fond menejeri Ikuo Mitsui.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan yil boshida Xitoy bozoridagi raqobat Nissan aksiyalarini pastga tushirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek