Shavkat Mirziyoyev Bokuda bo‘lib o‘tgan COP29 iqlim konferensiyasida Chernogoriya rahbari Yakov Milatovich bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uning birinchi yig‘ilishi kelasi yili biznes-forum bilan birga Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvda prezidentlar savdo, madaniyat va turizm kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini ham ko‘rib chiqdilar. Hamkorlikni soddalashtirish maqsadida sarmoyalarni himoya qilish va savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar ishlab chiqiladi, qo‘shma sanoat loyihalari bo‘yicha yo‘l xaritasi tayyorlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi.