O‘zbekiston uy-joy bozoridagi tendensiyalar: ipoteka va aholi daromadlarining ta’siri

eʼlon qilindi
2024-yilning III choragida uy-joy bozori bo‘yicha tahlil
Foto:

2024-yilning III choragida uy-joy bozoridagi faollik pasaygan. Iyul – sentabr oylarida 41,86 mingta xonadon oldi-sotdi shartnomasi tuzildi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 7,4 foizga kam. Bu haqdagi ma’lumot Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan tahlil qilindi.

Berilgan ipoteka kreditlari hajmi va uy-joy bilan bog‘liq bitimlar soni o‘rtasida kuchli bog‘liqlik mavjud (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,81). Shuningdek, uy-joy savdosi va aholi daromadlari o‘rtasida o‘rtacha bog‘liqlik aniqlandi (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,48).

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning III choragida berilgan ipoteka kreditlari hajmi 4,84 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yildagiga nisbatan 7,3 foizga kamaygan. Agar kreditlash sur’atlari saqlanib qolsa, yilning so‘nggi oylarida har oyda 13–14 mingga yaqin uy-joy bitimlari kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda ko‘chmas mulk ijarasi faol o‘sishi haqida yozgan edi.

Shuningdek