Qirg‘iziston Termiz xalqaro savdo markazida pavilon sotib oldi
2024-yil 11-noyabr kuni O‘zbekistondagi Termiz xalqaro savdo markazida savdo pavilyoni sotib olish bo‘yicha shartnoma Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi va «Termez International Trade Centre» boshqaruv kompaniyasi vakillari tomonidan imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston savdo vakolatxonasi xabar berdi.
«Termiz» xalqaro savdo markazi Markaziy Osiyoning muhim savdo yoʻlida joylashgan bo‘lib, u Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida tovar ayirboshlashga xizmat qiladi. Pavilyonni sotib olish Qirg‘izistonga savdo pozitsiyalarini mustahkamlashga va mahsulotlarini O‘zbekiston hamda Afg‘oniston bozorlariga eksport qilishga imkon beradi.
Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi va «Termez International Trade Centre» o‘rtasidagi bitimning narxi oshkor etilmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘izistonda yirik transmintaqaviy elektr energiyasi uzatish liniyasi qurilgani haqida yozgan edi.