To‘rt nafar o‘zbekistonlik atlet oltin medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Bir nafari bronza medalini qo‘lga kiritgan
Foto: MOQ matbuot xizmati

Xitoyda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik to‘rt nafar sportchi oltin medalni, yana bir nafari bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoyning Urumchi shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida yopiq inshootlardagi xalqaro musobaqa boshlandi.

Yosh toifalari bo‘yicha tashkil etilayotgan turnirning birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Dostonbek Abdumutalov U16 (yadro uloqtirish), Anastasiya Silchenkova U16 (1500 metrga yugurish), Angelina Grechkina U18 (uzunlikka sakrash) bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yadro uloqtirish bo‘yicha 18 yoshlilar o‘rtasida Oybek Zarifjonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, bugun Anastasiya Silchenkova (U16) 3000 metrga yugurish, Leyla Qambarova esa (U18) balandlikka sakrash bahslarida medallar uchun kurashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi MMA bo‘yicha jahon chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek