Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) 2024-yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini monitoring qildi.
Tahlil jarayonlari 3-oktabr va 7-noyabr kunlari oʻtkazilgan monitoring ma’lumotlariga asoslandi va 21 ta mahsulotning 8 tasi boʻyicha minimal narxlar pasayishini qayd etdi.
Narxlar pasaygan mahsulotlar:
Sariq piyoz – 8,2 foiz;
Bugʻdoy un – 7,6 foiz;
Karam – 6,3 foiz;
Grechka – 5,1 foiz;
Limon – 5,1 foiz;
Shakar – 1,2 foiz;
Olma – 0,8 foiz;
Guruch – 0,6 foiz.
Shuningdek, 10 nomdagi mahsulot boʻyicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, pomidor va bodring narxida eng katta oʻsish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bogʻliq. Shu bilan birga, oʻtgan yilning mos davri koʻrsatkichlari bilan qiyoslaganda bodring narxi 14,5 foiz past, pomidor narxi esa atigi 0,4 foiz yuqori.
Oʻzgarishsiz qolgan mahsulotlar qatoridan esa makaron, tovuq goʻshti (file), margarin narxlarida oʻzgarishlar roʻy bermagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan narxlarning oshishida kartoshka yetakchi boʻlgani haqida xabar bergan edi.