UzBATʼning foydasi 45 foizga oshdi
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Uzbekistan British American Tobaccoʻning (UzBAT) joriy yilning ortda qolgan uch choragida sof foydasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 45 foizga oshdi. Bu haqda kompaniya hisobotida ma’lum qilindi.
2024-yilning yanvar – sentabr oylarida korxonasining foydasi rekord darajadagi 1,1 trillion soʻmga yetdi. 11-noyabr kuni UzBAT kuzatuv kengashi har bir aksiya uchun 33 ming soʻm miqdorida dividendlar toʻlashni tavsiya qildi.
Toʻqqiz oy davomida kompaniya daromadi 26 foizga oshib, 2,6 trillion soʻmni tashkil etdi. UzBATʼning ma’muriy xarajatlari 94,6 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilning yanvar – sentabr oylariga nisbatan 20 foizga oshgan.
Bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan bazaviy daromad 2023-yilning uch choragidagi 30 ming so‘mga nisbatan 43,6 ming so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda hukumat mahalliy va import qilinadigan sigaretlarga aksiz soligʻini tenglashtirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.