Xabib Nurmagomedov soliq bo‘yicha yana muammolarga duch keldi
Rossiya Federal soliq xizmati sportchi Xabib Nurmagomedov bo‘lgan notijorat tashkilotlarning hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni blokladi. Bu haqda Mash Telegram kanali ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, gap «Futbol to‘pi muzeyi» hamda «Ta’lim, sport va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi» haqida bormoqda.
Operatsiyalarni blokirovka qilishning ehtimoliy sababi shundaki, 2021-yilda jamg‘arma o‘z muassislari haqidagi ma’lumotlarni yashirgan va sportchi ushbu NNT orqali muzeyni boshqargan.
Shu yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda Nurmagomedovning soliq organlaridan 306 mln rubl qarzi borligi haqida ma’lumot tarqalgan edi.
Bundan so‘ng Federal Soliq xizmati Eagle FC, Nurmagomedov xayriya fondi va Hikmet Travel sayyohlik agentligining hisoblarini blokladi.
Avgust oyida mashhur Ultimate Fighting Championship (UFC) tashkilotining sobiq jangchisi soliq xizmati oldidagi 302 mln rubl miqdoridagi qarzini qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mahmud Murodov Chexiyada uzoq muddat qolish huquqidan mahrum bo‘lgan edi.