Yangiliklar

YTTB O‘zbekistonga 5 milliard yevrodan ortiq investitsiya kiritgan

Bu orqali eng yirik hamkorga aylandi
Foto: President.uz

Bokuda bo‘lib o‘tayotgan COP29 sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, YTTB O‘zbekistonga 5 mlrd yevrodan ortiq investitsiya kiritib, mintaqadagi eng yirik hamkorga aylandi. Uchrashuvda bank sektorini xususiylashtirish, yer qa’ridan foydalanish va investitsiya siyosatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kelgusida energetika samaradorligi, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy soha va infratuzilmada davlat-xususiy sheriklik, «yashil» shaharlarni rivojlantirish kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhim yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi.