13-noyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi
Foto: Unsplash

Bugun, 13-noyabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘r yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida quruq havo bo‘ladi. O‘rtacha harorat 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kunduzi va kechasi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Kunduzi harorat 3 darajagacha ko‘tariladi, kechga 2 daraja sovuq bo‘ladi.

Shuningdek