Yangiliklar

Afg‘onistonda olti magnitudali zilzila qayd etildi

Zilzila kuchi Surxondaryo viloyatida ham sezildi
Foto: Culture.ru

13-noyabr kuni soat 10:13 da (Toshkent vaqti bilan) Afg‘onistonda olti magnitudali kuchli yer silkinishi qayd etildi. Bu haqida Seysmoprognoz monitoringi Respublika markazi xabar berdi.

Unga ko‘ra, zilzila 100 km chuqurlikda sodir bo‘lgan, epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 568 kmni tashkil qiladi.

Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatida ham zilzila kuchi 2 ballni tashkil etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan noyabr oyi boshida Olmaotada uch magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.