BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyani barpo etadi

eʼlon qilindi
Yiliga 3,5 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda
Foto: kennytong/Depositphotos

Bokuda bo‘lib o‘tayotgan COP-29 konferensiyasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va BAAning «Masdar» kompaniyasi Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qurilish jarayonida 600 – 800 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Stansiya yiliga 3,5 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda, bu esa 1 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash va atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni yiliga 1,4 mln tonnaga qisqartirish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navoiyda ilk shamol elektr stansiyalari sinov rejimida ishga tushirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek