Bokuda yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb etish bo‘yicha xalqaro strategiya imzolandi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan
Foto: Zamin

Bokuda bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan iqlim kun tartibiga yoshlarni jalb qilish va barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish bo‘yicha xalqaro strategiya imzolandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Ziroat Mirziyoyeva yoshlarning barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishga tayyorligi muhimligini ta’kidlab, doimiy iqlim muloqoti va yosh avlodning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

«Biz yosh avlod bilan tizimli va muntazam iqlimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ekologik startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarimizning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish imkoniyatlarini kengaytirishga intilamiz», — dedi O‘zbekistonning birinchi xonimi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston va Chernogoriya hukumatlararo komissiyasi tuzilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek