«Oʻztemiryoʻlkonteyner»ning davlat ulushi 200 milliard soʻmga sotildi

eʼlon qilindi
Fond bozorida 4 foiz aksiyalarni ommaviy joylashtirish ham rejalashtirilgan
Foto: Cotton Logistics

«O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJdagi 35 foiz davlat ulushini «Cotton Logistics» MCHJ 200 mlrd so‘mga sotib oldi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya korxonaning biznes jarayonlarini raqamlashtirish, tariflarni pasaytirish va uning barqaror rivojlanishi uchun zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Xususiylashtirish natijalari davlat komissiyasi tomonidan ma’qullandi. «Xalqchil IPO»si dasturi doirasida mahalliy fond bozorida 4 foiz aksiyalarni ommaviy joylashtirish ham rejalashtirilgan.

«Cotton Logistics» MCHJ – O‘zbekistonning eng yirik transport-logistika kompaniyalaridan biri bo‘lib, yiliga 1 million tonnaga yaqin yuk tashiydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan davlat «Foton»dagi ulushini 151 mlrd so‘mga sotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek