Jeff Bezos Amazon’ning $2,7 milliardlik aksiyalarini sotdi

eʼlon qilindi
Ayni paytda tadbirkor kompaniyaning 22 millionga yaqin aksiyasini sotib boʻldi
Foto: Wolterke / depositphotos.com

Jeff Bezos noyabr oyida Amazon’ning $2,7 milliardlik aksiyalarini sotdi. Bu haqda «Interfaks» manbalarga tayanib, xabar bermoqda.

Savdolar 2025-yil oxirigacha 25 million dona aksiyani sotish oldindan belgilangan rejalar doirasida amalga oshirilmoqda. Ayni paytda tadbirkor kompaniyaning 22 millionga yaqin aksiyalarini sotib boʻldi.

Joriy yil boshida beri Bezos Amazonʼning $8 milliardlik aksiyalarini sotgan boʻlsa-da, u hali ham kompaniyaning taxminan $220 milliardlik aksiyalariga egalik qiladi. 2024-yilda Amazon kapitallashuvi 37,5 foizga oshib, $2,17 trillionni tashkil qildi.

Eslatib oʻtamiz, Jeff Bezosning umumiy boyligi qariyb $230 mlrd.ni tashkil qilib, dunyoning eng boy insonlari qatorida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nissan aksiyalari soʻnggi 15 yildagi eng katta oʻsishni qayd etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek