Yangiliklar

Milliy qonunchilik JST qoidalariga moslashtiriladi

Xalqaro savdo bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislarning malaka oshirilishi rejalashtirilmoqda
Foto: President.uz

Boku shahrida o‘tayotgan COP29 iqlim konferensiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Milliy qonunchilikni JST qoidalariga moslashtirish, jumladan, eksport subsidiyalarini bekor qilishga qaratilgan ishlar faol olib borilayotgani ta’kidlandi.

Foto: President.uz

Shuningdek, xalqaro savdo bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Muzokaralar yakunida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi yo‘lida qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishi iqtisodiy oʻsishni 17 foizga oshirishi mumkinligi haqida yozgan edik.