Yangiliklar

Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi $41,5 ming bo‘lgan turnirda qatnashadi

6-Tata Steel Chess India turnirida
Foto: Yoshlar ishlari agentligi

13–17-noyabr kunlari Hindistonning Kalkutta shahrida bo‘lib o‘tadigan 6-Tata Steel Chess India turnirida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov ishtirok etadi. Bu haqda UzChess Telegram kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mukofot jamg‘armasi $— 41,5 mingni tashkil qiladi. Musobaqa 9 raund rapid (25+10) va 9 raund blits (3+2) dan iborat bo‘lib, g‘oliblar har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida aniqlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Abdusattorov Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan xotira turnirda ikkinchi oʻrinni egallagani haqida yozgan edi.