TTY endi “O‘zbekiston temir yo‘llari” bilan integratsiyalandi
Endi elektron TTY tizimi «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning yagona darcha tizimi bilan integratsiya qilinib, yuk tashish jarayonida ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yil boshidan buyon tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish bo‘yicha tizimni yirik soliq to‘lovchilar uchun 1-apreldan, barcha xo‘jalik subyektlari uchun esa 1-iyuldan foydalanishga topshirildi.
Endilikda, temir yoʻl orqali yuk joʻnatishda yukni jo‘natish va qabul qilish manzillari, yuk turi va miqdori, tashish masofasi va narxiga oid ma’lumotlarni o‘rnatilgan ID raqamlar orqali avtomatik kiritish imkoniyati qo‘shildi.
Bu integratsiya tadbirkorlar uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni soddalashtirib, yuk tashish jarayonini tezlashtiradi va ma’lumotlarning aniqligini ta’minlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiya bilan ikki tomonlama yuk tashish uchun ruxsatnomalar endi faqat elektron shaklda berilishini yozgan edi.