O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di – video
eʼlon qilindi
Qamchiq dovonida maxsus texnika ishlamoqda
13-noyabr, chorshanba kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di. Bu haqda UzbMeteo Telegram kanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik Namangan, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida qayd etilgan.
Ayni damda Toshkent va Farg‘ona vodiysini bog‘lovchi Qamchiq tog‘ dovonida maxsus texnika ishlamoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 13 noyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘lishi haqida yozgan edi.