AI-80 benzini narxiga birjada qanday cheklovlar joriy etildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bir oy ichida yonilg‘i 3,8 foizga qimmatlagan
Foto: AndrewLozovyi/Depositphotos

Noyabr oyida yonilg‘i narxi bir tonna uchun 10 mln so‘mdan oshdi. Raqobat qo‘mitasi tovar-xomashyo birjasida AI-80 avtomobil benzini narxining yuqori chegarasini belgiladi. Bozor ishtirokchilari bu ma’lumotni Kursiv Uzbekistan’ga tasdiqladi.

Cheklov kunidan boshlab (13-noyabrdan) AI-80 benzini narxining sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 5 foiz miqdorida o‘sishiga joriy etildi. Bundan tashqari, bir qo‘lga 4 tonna benzin sotish cheklovi ham saqlab qolinadi.

2024-yil 11-oktabrda AI-80 benzinining narxi tonnasi uchun deyarli 9,8 mln so‘mni tashkil qilgan edi. 12-noyabrga kelib esa uning narxi 10,2 mln so‘mga yetdi. Shu tariqa AI-80 benzinining narxi 11-oktabrdan 12-noyabrgacha 372,8 ming so‘mga yoki 3,8 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan sentabr oyi hisob-kitob natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda yil davomida propan narxi 52,1 foizga, metan esa 35,8 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek