Rossiya havo transporti federal agentligi («Rosaviatsiya») uchta aviakompaniyaga Permdan Oʻzbekiston shaharlariga xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi. Bu haqda «Aviaport» nashri xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Nordwind Airlines va Red Wings kompaniyalari 2027-yil yoz mavsumi oxirigacha Permdan Samarqandga muntazam reyslarni amalga oshirish huquqini oldi. Reyslar haftasiga ikki marta tashkil qilinadi.
Shuningdek, UVT Aero aviakompaniyasiga Permdan Toshkentga uchish uchun vaqtinchalik ruxsatnoma berildi. Kompaniya ushbu yoʻnalishda haftasiga uch marta parvoz qilishni rejalashtirgan.
Oʻz navbatida Rosaviatsiya IrAero aviakompaniyasidan yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshirish huquqini vaqtincha bekor qildi.
Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airways Xanchjouga toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovni yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.