Yunusobod tumanining ayrim uylari gazsiz qoldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi sababli
                    
                            
13-noyabr kuni Toshkentning Yunusobod tumanida ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazdi, natijada tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligining Telegram kanali xabar berdi.
Natijada 2-daha hududida gaz ta’minoti 47 ta ko‘p qavatli xonadon, 10 ta ulgurji iste’molchi, 3-dahadagi 26 ta ko‘p qavatli uy, 12 ta ulgurji iste’molchi va Malikov ko‘chasidagi 40 ta xonadondan vaqtincha uzildi.
Hozirda «Hududgaz Poytaxt» filiali mutaxassislari ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Gaz ta’minoti ta’mirlash ishlari yakunlangach tiklanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-noyabr kuni Toshkent tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirilishi haqida yozgan edi.
