14-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi
eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda yomg‘ir, qor yog‘adi
Bugun, 14-noyabr kuni respublika bo‘ylab tuman tushadi, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo 5-10 daraja iliq, kechasi esa 5 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida ertalab va kechasi tuman tushadi, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo 6-8 daraja iliq, kechasi 1 daraja sovuq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Kunduzi 3 daraja iliq, kechga kelib 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.