«Bio Smekta» biofaol qo‘shimchasini tasdiqlagan laboratoriya seritifikati bekor qilindi

eʼlon qilindi
Laboratoriya biofaol qo‘shimchani doriga o‘xshash qadoqlanganiga qaramay tasdiqlagan
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda ayrim biologik faol qo‘shimchalarning noto‘g‘ri sertifikatlanishi sababli, sertifikat beruvchi organlarning akkreditatsiyasi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Bio Max Pharm» kompaniyasi ishlab chiqargan «Bio Smekta» qo‘shimchasi tarkibi va qadoqlanishi jihatidan dori vositasiga juda o‘xshash ekani aniqlandi.

Tekshiruvlar davomida ushbu mahsulotni tasdiqlagan «Uni-Chem-Test» laboratoriyasi akkreditatsiya qoidalarini buzgan deb topildi va uning sertifikati bekor qilindi.

Raqobat qo‘mitasi aholiga qo‘shimchalarni faqat shifokor tavsiyasi asosida qabul qilishni tavsiya qilib, ularning davolovchi dori emasligini ta’kidladi. Shu bilan birga, mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarga qonunchilik talablariga qat’iy amal qilish zarurligi eslatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «FTV», «Muloqot» va «Amudaryo» telekanallariga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan edi.

Shuningdek