AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp amaldagi davlat rahbari Jo Bayden bilan uchrashish uchun Oq uyga keldi. Bu haqda New York Post axborot agnentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Bayden va Tramp hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish zarurligi haqida kelishib oldi.
«Ta’kidlanganidek, bu muammosiz o‘tishishi tarafdorimiz. Biz sizning talablaringizni qondirish uchun hamma narsaga tayyormiz», – dedi Bayden.
Ular Vashingtonda yaqinlashib kelayotgan hokimiyat almashinuvi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilgi saylovda ham Tramp g‘alaba qozongan edi. U XIX asrdan beri to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng Oq uyga qaytgan birinchi AQSh siyosatchisi bo‘ldi. Respublikachi Tramp 2025-yil 20-yanvarda inauguratsiya qilinadi.
Avvalroq Tramp teleboshlovchiga mudofaa vaziri lavozimini taklif qilgani haqida yozgan edik.