Italiya prezidenti Ilon Maskga Italiya siyosatiga aralashishni bas qilishni aytdi
Italiya prezidenti Serjio Mattarella amerikalik milliarder Ilon Maskni Italiya ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Mask Rim sudyalarining hukumatning immigratsiyaga qarshi tashabbuslarini to‘xtatib qo‘yishini tanqid qilib, «sudyalar ketishi kerak» deb yozib, Albaniyada boshpana izlovchilarni hibsga olish haqida qaror chiqarayotgan Rim sudyalariga e’tiroz bildirgan edi. Bu chiqish ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi va Italiyadagi immigrantlarni boshqarish siyosati atrofidagi munozaralarni kuchaytirdi.
Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni Mask bilan do‘stona muloqot o‘tkazgan, lekin vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri izoh bermagan. Mask esa Mattarella va Italiya suverenitetiga hurmatini bildirib, fikrini erkin ifoda etishda davom etishini aytdi.
Bu tortishuv, Yevropa Ittifoqi Adliya sudi Italiya hukumati Albaniyadagi hibsxonalar orqali muhojirlarni qaytarish tashabbusini to‘xtatishni ko‘rsatganidan so‘ng kuchaydi. Hozirda Italiya oliy sudi va Yevropa Ittifoqi sudlari o‘rtasida ushbu masala bo‘yicha qaror chiqarilishi kutilmoqda.
Elslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask AQShning yangi hukumatiga qo‘shilgan edi.