«JCh – 2026»: bugun Oʻzbekiston milliy jamoasi Qatarga qarshi toʻp suradi

eʼlon qilindi
5-tur doirasida
Foto: O‘FA

Bugun, 14-noyabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatining 3-saralash bosqichi 5-tur doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi to‘p suradi.

Uchrashuv Dohadagi Jassim bin Hamad stadionida boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da boshlanadi.

Ayni damda Oʻzbekiston terma jamoasi 4-turdan keyin guruhda Eron bilan 10 ochkodan jamgʻarib, peshqadamlik qilmoqda. Guruhdagi keyingi oʻrinlardan BAA (4 ochko), Qatar (4 ochko), Qirgʻiz respublikasi (3 ochko) va KXDR (2 ochko) joy olgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston futbol terma jamoasi jahon reytingida yuqorilagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek