O‘zbekiston avtomobil bozori: oktabr oyida savdolar hajmi sezilarli darajada pasaydi

eʼlon qilindi
Oy davomida mamlakatda jami 102,3 ming dona avtomobil sotildi
Foto: geniuslady / Depositphotos.com

Oktabr oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida savdo hajmi sezilarli darajada pasayib, ayniqsa, yengil avtomobillar segmentida yillik kamayish kuzatildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ma’lumotlariga ko‘ra, oy davomida mamlakatda jami 102,3 ming dona avtomobil sotilgan bo‘lib, bu sentabr oyiga nisbatan 7 foizga kam. Yillik solishtirishda esa savdolar 44 foizdan ko‘proqqa qisqargan.

Yengil avtomobillar segmenti pasaydi

Oktabr oyida yengil avtomobillar sotuvi sentabr oyiga nisbatan 6 foizga kamayib, 95,4 ming donani tashkil qildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa yengil avtomobillar savdosi 43,3 foizga qisqargan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu pasayish avtomobil bozoridagi umumiy holatning og‘irlashganini ko‘rsatadi.

Infografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Birlamchi avtomobil bozoridagi holat

Oktabr oyida birlamchi avtomobil bozorida yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 15 foizga kamaydi va bu 6,2 ming dona avtomobilga kamroq sotuvni anglatadi. Yillik solishtirishda esa savdo hajmi 21,8 foizga pasaydi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi oktabrda 20 foizga kamayib, 30,2 ming donani tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan 22 foizlik pasayishni ko‘rsatmoqda.

Ikkilamchi avtomobil bozori pasayishni ko‘rsatdi

Oktabr oyida ikkilamchi bozorda yengil avtomobillarga boʻlgan talab kamaydi. Oldingi oyga nisbatan 23 taga kam boʻlgan holda 60,4 mingta yengil avtomobil sotildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan deyarli ikki barobarga kamdir.

Xorijiy yengil avtomobillar segmenti o‘smoqda

Oktabr oyida xorijiy yengil avtomobillar savdosi o‘sdi. Ushbu segmentda faollik bir oy ichida 35 foizga oshib, jami 4,7 ming dona xorijiy avtomobil sotildi. Ammo o‘tgan yil oktabr oyiga nisbatan xorijiy avtomobillar savdosi 20 foizga kamaydi.

Elektromobillar segmentidagi o‘sish davom etmoqda

Shunga qaramay elektromobillar segmenti o‘sishda davom etmoqda. Oktabr oyida elektromobillar savdosi sentabr oyiga nisbatan 20 foizga oshib, 5,1 ming donaga yetdi. Sentabr oyida bu ko‘rsatkich 4,24 ming dona, avgust oyida esa 1,7 ming donani tashkil etgan edi. Elektr transport vositalariga bo‘lgan talab barqaror ravishda oshmoqda, bu esa avtomobil bozorida ekologik toza transport vositalariga qiziqish ortayotganini ko‘rsatadi.

Infografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston avtomobil bozorining kelajagi haqida yozgan edi.

Shuningdek