Oʻzbekiston oltin ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda yuqori oʻrinlardan birini egalladi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilda O‘zbekistonda umumiy hisobda 119,6 tonna oltin ishlab chiqarildi
Foto: Foto: serezniy / www.depositphotos.com

2023-yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi davlatlar orasida oʻninchi oʻrinni egalladi. Bu haqda World Gold Council ma’lumotlariga asoslanib, «TASS» agentligi xabar bermoqda.

Oʻtgan yilda Oʻzbekistonda umumiy hisobda 119,6 tonna oltin ishlab chiqarildi, bu mamlakatga dunyo boʻyicha yirik oltin ishlab chiqaruvchi davlatlar orasida munosib oʻrin taqdim etdi.

Skrinshot: «TASS»

Dunyoda eng koʻp oltin ishlab chiqargan mamlakat Xitoy boʻlib, u 378,2 tonna oltin ishlab chiqargan. Ikkinchi oʻrindan Rossiya (321,8 tonna) joy olgan boʻlsa, uchinchi oʻrinni Avstraliya (293,8 tonna) egalladi. Ulardan keyingi oʻrinlarda Kanada, AQSh, Gana, Indoneziya, Peru va Meksika kabi mamlakatlar keladi.

Oʻtgan yilda Shveysariya oltin va uning hosilalari eksportdan eng koʻp daromad olgan mamlakat boʻldi. Bu mamlakatning qimmatbaho metall eksportdan olgan daromadi $107,2 milliardga yetdi. Buyuk Britaniya ($65,3 milliard) va Xitoy ($44,4 milliard) mos ravishda ikkinchi va uchinchi oʻrinlardan joy oldi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $43 milliarddan oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek