O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi futbol bellashuvida Qatar 3:2 hisobida terma jamoamiz ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, o‘yin O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. Dastlab, 21-daqiqada sardor Eldor Shomurodov jarohat olib, o‘rnini Jaloliddin Masharipovga bo‘shatdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Qatar terma jamoasi hujumchisi Almoyez Ali gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 41-daqiqada esa Almoyez Ali yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi. Shunday qilib, birinchi taym Qatar jamoasining 2:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston jamoasi hujumlarini kuchaytirdi. 75-daqiqada Abbosbek Fayzullayev bosh bilan gol urib, hisobdagi farqni qisqartirdi. Besh daqiqa o‘tib, Fayzullayev yana bir marta bosh bilan gol kiritib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Ammo qo‘shimcha vaqtning 112-daqiqasida qatarlik futbolchi Lukas Mendes yana gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng, O‘zbekiston jamoasi guruhda 10 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston – so‘zsiz favorit»: Futbol mutaxassisi Qatar – O‘zbekiston uchrashuvi prognozini ma’lum qilgan edi.