«O‘zbekiston temir yo‘llari» yuk tashish tariflarini 30 foizga oshiradi

eʼlon qilindi
1-dekabrdan
Foto: TTstudio /www.depositphotos.com

2024-yil 1-dekabrdan boshlab, «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga tegishli vagonlarda ichki yo‘nalishlarda yuk tashish uchun tariflar 30 foizga oshiriladi. Bu haqda AJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, narxlarning ko‘tarilishi yuk tashish xizmatlari xarajatlarining oshgani bilan bog‘liq.

Bunday o‘zgarish vagon turiga (universal, ixtisoslashtirilgan yoki sisternali) qarab belgilanadi va xarajatlarni qisman qoplash hamda vagonlar parkini yangilashga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2023-yil 10-oktabrdagi farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-yanvaridan boshlab yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish xizmatlari tariflari davlat nazorati o‘rniga bozor tamoyillari asosida tartibga solinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan TTY endi «O‘zbekiston temir yo‘llari» bilan integratsiyalangani haqida yozgan edi.

Shuningdek