Tramp teleboshlovchiga mudofaa vaziri lavozimini taklif qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Vazirlar Mahkamasida bir qator lavozimlarga nomzodlarni e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Eng qiziqarlisi nomzod sifatida Fox News kanalining boshlovchisi Pit Xegset koʻrsatildi, Tramp uni mudofaa vaziri sifatida koʻrmoqda. Televideniyedagi faoliyatidan tashqari Xegset AQSH Milliy gvardiyasida xizmat qilgan. U Iroq, Afgʻoniston, Guantanamo va Kubada boʻlgan.
Tramp, shuningdek, Respublikachilar partiyasidagi hamkasblari Marko Rubio va Mett Getsni davlat kotibi va bosh prokuror lavozimiga tayinlashni taklif qildi.
Milliy razvedkaning rahbari Fox News sobiq jurnalisti Tulsi Gabbard bo‘lishi mumkin, respublikachi Jon Li Retkliffni esa Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari qilish taklif etildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan tadbirkor Ilon Mask AQSH yangi hukumatida qanday lavozimni egallashi haqida yozgan edi.