O‘zbekiston bozorida Uzum’ning elektron tijorat aylanmasi uch karra oshdi
Uzum ekotizimi to‘qqiz oy ichida e-commerce va fintex xizmatlarining sezilarli oʻsishini qayd etdi. Elektron tijorat aylanmasi uch karra oʻsib, $237 millionga yetdi. Shuningdek, fintex yoʻnalishidagi kredit portfeli ikki barobar oshdi. Bugungi kunda Oʻzbekiston aholisining uchdan biri Uzum xizmatlaridan foydalanmoqda.
E-commerce
Platformada hozirda 1 milliondan ortiq mahsulot mavjud, sotuvchilar soni esa 12 mingdan oshgan. 800 dan ortiq yetkazib berish punktlari orqali xizmat koʻrsatadigan Uzum Market’da 9 oy davomida buyurtmalar soni ikki yarim barobarga oʻsib, 14 milliondan oshdi.
Fintex
Avgust oyida Uzum Bank virtual kartasi sinov loyihasini ishga tushirdi. Oktabr oyidan boshlab barcha foydalanuvchilar ushbu kartadan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Iste’mol kreditlari bozoridagi oʻsish bilan Uzum Nasiya BNPL (muddatli to‘lov) xizmatidan foydalanuvchilar soni 3,2 milliondan oshdi.
Uzum ekotizimi Oʻzbekistonda raqamli xizmatlarni rivojlantirishda yetakchi boʻlib, har oy 12 milliondan ortiq odamlar undan foydalanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Bank Oʻzbekiston fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshlagani haqida yozgan edi.