Valyutaviy svop operatsiyalari bo‘yicha komissiya kamaytirildi

eʼlon qilindi
Markaziy bank obligatsiyalari bilan operatsiyalar uchun vositachilik komissiyalari ham kamaytirildi
Foto: Pexel.com

O‘zbekiston valyuta birjasi savdo ishtirokchilari uchun qulaylik yaratish va kapital bozorini rivojlantirishga qaratilgan o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Bu haqda O‘zRVB ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024 – 2028-yillar uchun rivojlanish strategiyasiga binoan, birja davlat qimmatli qog‘ozlari va valyuta bozori operatsiyalari uchun komissiyalarni optimallashtirdi.

«Tariflarni optimallashtirish natijasida valyutaviy svop operatsiyalari bo‘yicha vositachilik mukofoti sezilarli darajada –  bitim summasining 0,01 foizdan 0,0008 foizgacha pasaydi», – deyiladi birja xabarida.

Davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) bozorida dilerlar uchun uch xil tarif rejasi joriy qilinib, ularning savdo hajmi va strategiyasiga moslashish imkoniyati taqdim etildi. Shuningdek, Markaziy bank obligatsiyalari bilan operatsiyalar uchun vositachilik komissiyalari ham kamaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar narxi $100 mln.dan oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek