Yevrokomissiya Meta’ga sal kam 800 million yevro jarima soldi

eʼlon qilindi
Facebook’ni Facebook Marketplace xizmatiga majburiy ravishda bog‘lagani uchun
Foto: Mexem.com

Yevropa Komissiyasi Meta kompaniyasiga 797,7 mln yevro miqdorida jarima solib, kompaniyaning Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi qoidalarini buzganligini qayd etdi. Bu haqda Yevrokomissiya ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Meta o‘zining ijtimoiy tarmog‘i Facebook’ni Facebook Marketplace xizmatiga majburiy ravishda bog‘lab, foydalanuvchilarga avtomatik ravishda kirish huquqini taqdim etdi. Shu orqali boshqa onlayn reklama xizmatlari provayderlariga nisbatan adolatsiz sharoitlar yaratilib, raqobatchilar cheklangan. Buning natijasida, Marketplace raqobatchilarga nisbatan ko‘proq foydalanuvchi va ko‘proq tarqatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, Meta Facebook va Instagram platformalarida boshqa reklama xizmatlari provayderlariga o‘ziga qulay bo‘lgan, bir tomonlama shartlarni majburan joriy qilib, Facebook Marketplace uchun afzalliklar yaratgan. Bunday shartlar orqali Meta raqib reklamalardan to‘plangan ma’lumotlarni o‘z manfaati uchun foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritgan.

Yevropa Komissiyasi 2021-yil iyun oyida Facebook’ning ehtimoliy monopoliyaga qarshi xatti-harakatlarini tekshirish ishini boshlagan va 2022-yil dekabr oyida e’tiroz bildirishnoma yuborgan edi. Meta bu e’tirozlarga 2023-yil iyun oyida javob berdi. Tekshiruv natijasida kompaniyaning bozor ustunligidan suiiste’mol qilgani aniqlanib, Evropa Ittifoqi qoidalarini buzganligi uchun jarima belgilandi. Yevropa Komissiyasi Meta’ga kelajakda shu kabi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikni qat’iy ta’kidlab, monopoliyaga qarshi qoidalarga amal qilish majburiyatini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta rahbari Sukerbergning tobora boyib borayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek